avatar
Куч
63.80
Рейтинг
+23.79

Jurayev Feruzbek Farhodovich

Мақолалар

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHE’RIYATINING URDU TILIGA TARJIMASI XUSUSIDA

ToshDSHI
Илм-фан

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHE’RIYATINING
URDU TILIGA TARJIMASI XUSUSIDA

Hijron qafasida jon qushi ram qiladur,

G‘urbat bu aziz umrni kam qiladur

Misralarining muallifi shoir, nosir, tarixchi, tabiatshunos, geograf, geobotanik, mashshoq, me’mor, bog‘bon va binokor bo‘lgan ma’rifatparvar siymo Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga qiziqish va uni chuqurroq o‘rganish shunday tezkor zamonda ongimizga, shu’urimizga komp’yuter, biznes olami va boshqa sohaga oid ma’lumotlar paydar-pay kirib, bizni zamondan-da yugurik qilib qo‘yayotgan bir paytda bir lahzaga tin olib,o‘zimizni,o‘zligimizni anglashga ko‘mak beradi.
Z.M.Bobur hajman kichik,ammo har jihatdan barkamol she’riy meros qoldirdi. Shoirning o‘zbek tilidagi 120 dan ortiq g‘azali, 200 dan ko‘proq ruboiysi,shuningdek, tuyuq va qit’alari, fard va muammolari borligi aniqlangan.
Hind xalqining Boburning “so‘zuni o‘qub, o‘zini anglashi” uchun Dehli universiteti professori, bizga urdu tili va adabiyotidan saboq bergan marhum ustozimiz Qamar Rayis bilan hamkorlikda  uning g‘azal va ruboiylarini urdu tiliga baholi qudrat tarjima qilishga kirishdik. Qilgan say’-harakatimiz natijasida 2002 yilda Dehlida “Zahiruddin Muhammad Babar-shaxsiyyat aor shairi” (Zahiriddin Muhammad Bobur – shaxsiyati va she’riyati) deb atalgan kitob she’riyatni qadrlovchi muxlislar qo‘liga yetib bordi.
Kitobning birinchi qismida Boburning shaxsiy hayoti lavhalari, Movarounnahr, Samarqandda markazlashgan davlat tuzish uchun kurashlari, hayotini ostin-ustin qilib yuborgan jangu jadallarda kechgan yillar haqida so‘z boradi. Kitobning ikkinchi asosiy qismidan g‘azal, ruboiylar va qit’alarning tarjimasi o‘rin olgan.
Tarjima jarayoni haqida ikki og‘iz so‘z: biz Bobur devonidan asosan hasbi hol yo‘nalishidagi, ya’ni shoirning taqdiri,uning hayoti va faoliyatiga doir kechinmalarning ifodasi bo‘lgan she’rlarni tanlab oldik. Biz uning mansur, ya’ni nasriy tarjimasini qildik. O‘zlari shoir o‘tgan Qamar sohib esa ularni manzum qildilar. Ustoz mendan ikki omilga e’tibor berishimni so‘radilar – avvalo, she’r badiiy teran va sermazmun bo‘lsin, ikkinchidan, she’rdagi radif turkiy so‘zlar bilan berilgan bo‘lsa ham, ammo uning qofiyadosh so‘zlari imkon qadar arab-fors so‘zlari bo‘lsin. Chunki urdu tilining so‘z boyligida arab-fors so‘zlari aksariyatni tashkil etadi. Bu esa asosiy maqsadga, ya’ni she’rning badiiy ruhiga putur yetmasligiga xizmat qiladi.
Endi tarjimalardan misol keltirsak:
Boburning hayot ne’matlari,do‘stlar suhbatidan zavqlanish,hayotga umid ko‘zi bilan qarashga undovchi

Gahi sog‘in,ne bo‘ldi zorlarni,
Unutmag‘il burunqi yorlarni

Matla’si bilan boshlanuvchi sho‘xchang g‘azalida   “xorlarni, bemorlarni, afgorlarni, dildorlarni, dorlarni”  kabi so‘zlar qofiyani tashkil etadi. Bu kabi g‘azallar urdu tiliga juda silliq va oson manzum bo‘lgan. Ikki bandni misol qilib keltirsak:

Gahe-gahe yad karo dildaron ko
Yun mat bhulo dur aftada yaron ko
Hajr ke g‘am me zar hua,bimar hua
Akar dekho tum apni bimaron ko

Ikkinchi manzum qilingan g‘azallar sirasiga shundaylar kiradiki, ularning bir yoki ikki misrasida turkiy suz  qofiyadosh bo‘lib kelgan. Nima qilish kerak? G‘azal nihoyatda go‘zal. Ko‘ngil uzib bo‘lmaydi. Biz mana so‘zlarni shu holida qoldirdik va sahifaning oxirida uning urducha tarjimasini berdik, Shoirning ona yurtni qo‘msash, unga talpinish, g‘ariblik azoblaridan hasrat ohanglariuchraydigan g‘azallaridan biri
Ulki yillar,oylar o‘tkargay g‘amu motam bila,
Shodu xurram bo‘lmag‘ay Navro‘z ili,bayram bila

Matla’si bilan boshlanadi. “Bayram” so‘zi urduda yo‘q. Qolgan misralarda esa “jam bila, olam bila, zeru bam bila (musiqada tovushning baland-past tushishi) “kabi forsiy so‘zlar qofiyani tashkil etgan. Birgina “bayram” so‘zi tufayli bunday  ta’sirchan g‘azaldan voz kechish hushyorlarning ishi emas. Zero, bu band quyidagicha tarjima qilindi:
Guzarta he  mahine vo ranj-o matam me
Ke shad dekha nahin us ko jashn-o beyram me

ya’ni biz bayram so‘zini shu holicha qoldirib, uning urdudagi tarjimasini g‘azalning oxirida keltirdik.
Boburning badiy barkamol, juda ravon, kishi dilini qitiqlovchi o‘tli g‘azallari juda ko‘p.Misol uchun:
Hajraro ishrat ayog‘in bormu no‘sh aylar chog‘im,
Sensizin yurub ayoq ichkunsa,sinsun ayog‘im

Matla’li g‘azallari kabi badiiy barkamol, juda ravon,kishi dilini qitiqlovchi o‘tli misralari ko‘p. Ammo ularning qofiyasi turkiy so‘zlardan tarkib topgani bois ularning aksariyati mansur tarjima holida qolib ketdi.
Bu ishga qo‘l urishimizdan asl maqsad fotih emas, shoh emas, eng avvalo, shoir, yirik san’atkor bo‘lgan Boburning oddiy shaxs, oshiq yurak sifatidagi sevgi quvonchlari va alam-sitamini, taqdir aybi bilan tushkunlikka tushgan kishining ohu nolasini xalq diliga yetkazish edi.
Umidimiz borki, insoniy fazilatlarni targ‘ib etuvchi, vatanparvarlik va hayotsevarlik g‘oyalari bilan g‘azalxonga zavq-shavq baxsh etuvchi misralar hind xalqining yuragidan o‘rin ola oladi. Hind xalqi buyuk san’atkorni shonu shavkatni qo‘msovchi taxt da’vogari deb emas, “bori elga yaxshilik qilib, dahr aro  falondin yaxshilig‘ qoldi” deb tilga olsa, mehnatimiz zoe ketmagan deb bilamiz.

f.f.n. dots. Muxayyo Abdurahmonova

BOBUR ASARLARI NASHRLARI

ToshDSHI
Илм-фан

BOBUR ASARLARI NASHRLARI

Ibrohimov Ansoriddin Polatovich

Shahonshoh shoir va adib, ulug‘ davlat arbobi va sarkarda, Temuriylar davlatining Hindiston sarzaminidagi davomchisi Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) mumtoz adabiyotimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Uning umri ot ustida o‘tgan, deyish mumkin. 12 yoshida Farg‘ona taxtiga o‘tirgan, tahlikali va suronli kunlarni boshidan kechirgan. Tabiatan ijodkor bo‘lgan Bobur jang-jadallardan bo‘sh fursatlarini ijodga bag‘ishlagan – ko‘plab dilbar, jozibali g‘azal va ruboiylar bitgan, ilmiy asarlar yaratgan hamda dunyoga mashhur “Boburnoma” asari ustida ishlagan. Bobur yaratgan asosiy asarlar –  devonlari, “Mubayyin”, “Aruz risolasi” va “Boburnoma”.

O‘RTA OSIYo XALQLARINING QADIMIY MA’NAVIY MEROSI

ToshDSHI
Илм-фан

O‘RTA OSIYo XALQLARINING QADIMIY MA’NAVIY MEROSI

ped.f.n. Dilfuza Zohidova

Insonparvar, xuquqiy-demokratik va fuqorolik jamiyatini barpo etish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, balki, o‘zidan oldingi tarixiy manbalarga suyangan holda tajriba, moddiy va ma’naviy meros asosida quriladi. Buyuk ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy boyliklar ta’sirida yangi avlodni tarbiyalash shu kunning dolzarb vazifasidir. Bu ma’naviy va moddiy boyliklar tarix sil-silalariga bardosh bergan, turli xayot va tabiat qiyinchiliklarini bosib o‘tgan xaqiqiy xarakatlar natijasidir.

MUSTAQILLIK VA IJTIMOIY MILLIY IDEAL XUSUSIDA

ToshDSHI
Илм-фан
“Erkinlik”, “ozodlik” tushunchalari   mustaqillik  uchun  chuqur ilmiy   metodologik  ahamiyatga ega, chunki  ijtimoiy  falsafada   ular inson  taraqqiyotining, mavjudligining, ongli  mavjudot sifatida   faoliyat  ko‘rsatishining  bosh omili   Hech  bir yirik  faylasuf, siyosatshunos, ilm-fan  rivojida  ma’lum   bir iz  qoldirgan  ilmiy maktab  inson  erkinligi, muammosini chetlab o‘tgan emas.Insonning  ejrkin, ozod, qalbi va  ruhi   da’vatlariga muvofiq  yashashi ideal imkon, ideal hayot  va ijod  tarzi sifatida qaralgan.

Некоторые вопросы эстетико-нравственного идеала в культурном наследии Востока.

ToshDSHI
Илм-фан

На заре философской и эстетической мысли, выражаемой в мифологической форме все виды творчества – танцы, наскальные рисунки, пение, обряды выступали как нечто самоочевидное. Человек не представлял себя вне природы, космоса, окружающей среды, для него мир представлял собой яркое целое, вода, земля и небо выступают олицетворением этого единства. Например, в зороастрийских представлениях, в основе которых лежала трехчастная картина мира (вода, земля, небо), мотив сосуда с произрастающим из него растением обретает космологическое значение, символизируя огромное озеро Воурукаша – эстетический символ  всего живого и древо Хаому – эстетический символ вечности мироздания.

IJTIMOIY IDEAL VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH KAFOLATLARI

ToshDSHI
Илм-фан
Fuqarolik jamiyati  demokratik   qadriyatlarni  qaror  toptiradgan va   ularga   tayanadigan  jamiyatdir. O‘zbekiston  Respublikasining taraqqiyoti  sharqona  demokratiya xususiyatidan  kelib  chiqadi.  Unda sharqona  axloq, odob, kattaga hurmat, kichikka  izzat, Ollohni unumaslik,  ezgulikka intilib yashash,  boshqaning  mulkiga, xotiniga, obro‘siga ko‘z olaytirmaslik, mehnat qilib yashash,   ilmu  ma’rifatga intilish, bolajon  va oilaparvar bo‘lish kabi   bir qator   qadriyatlar  borki,  ularsiz  sharqona   demokratiyani   tasavvur  qilib bo‘lmaydi.

BARKAMOL AVLOD – IJTIMOIY IDEAL VA IJTIMOIY-MA’NAVIY TARAQQIYOT OMILI

ToshDSHI
Илм-фан
Ma’lumki, ijtimoiy ideal  ajdodlarimiz amal qlib  kelgan  ijtimoiy-ma’naviy   xislatlar va axloqiy  normalardan  davr   qo‘ygan   talablar  nuqtai  nazaridan   farq qiladi. Masalan,  davr  mustaqillikni   har  bir kishidan, O‘zbekiston   fuqarosidan ko‘z  qorachig‘idek asrashni   va  mustahkamlashni   talab etadi. Mustaqillik uchun   fidokorona  mehnat  qiladigan,  uni eski   tasavvurlar va yot   g‘oyalardan himoya qiladigan  kishi   biz uchun   ijtimoiy timsol, namuna, ideal   bo‘la oladi.
Mustaqillikni  himoya  qilishni  o‘zining hayotiy maqsadiga,  turmush   va fikrlash   tarziga   aylantirmay kishi   boshqalar   uchun   ideal  bo‘la  olmaydi.  Ideal — namuna, ibrat, yetuk  timsolidir.  Bunday   ideal  bo‘lishi   uchun   kishining  ma’lum   bir fazilatlari. Xislatlari,jamiyatga  munosabatlari, faoliyati  andoza rolini   bajarishi darkor.  I. Sayfinazarov to‘g‘ri   ta’kidlaganidek: “odamni   majburlab  barkamol  qilib  bo‘lmaydi! Unga majburan namoz  o‘qitsangiz, majburan ro‘za  tutdirsangiz, majburan tahorat  oldirsangiz, nima, u barkamol  bo‘lib qoladimi?  Aslida, birinchi  galda,  insonga  shart-sharoit   yaratib   berish kerak. Toki   u o‘z   insoniylik   burchini   qanday   ado etish   yo‘lini   o‘zi tanlasin. Xohlasin, musulmonchilik yo‘li bilan   komil  inson  bo‘lsin, xohlasin  tadbirkorlik  qilib, odamlar  duosini   olib,  barkamollikka  intilsin. Xullas, komillik  uning   ko‘nglidagi  idorasidagi  tabiiy  intilishga   asoslanishi  kerak”.
Ijtimoiy   ma’naviy   taraqqiyot   zamonaviy   ilm-fan, madaniyat,  sivilizatsiya yutuqlarisiz  bo‘lishi mumkin emas. Davr, jamiyat  barkamol   avlod oldiga zamonaviy  ilmiy, madaniy  yutuqlarni  o‘zlashtirishni  vazifa   qilib   qo‘yadi.   Yoshlarni   zamonaviy   bilim,  kasb- hunar, madaniyat   yutuqlari  bilan   qurollantirishni taqazo  etadi. Shu bmlan birga, hammamiz  yana bir   haqiqatni   anglab   yetmoqdamiz. Faqat chinakam  ma’rifatli   odam inson   qadrini, millat  qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash,  erkin va ozod jamiyatda  yashash, mustaqil   davlatimizning   jahon hamjamiyatidagi   o‘ziga  munosib,  obro‘li o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan   kurashishi  mumkin.
Barkamol  avlodni   shakllantirish  insondagi  ijodiy   kuchlarni, intellektual  salohiyatni, iqtidorini   rivojlantirish  blan   bog‘liqdir.
Barkamol alod – bu  ijtimoiy fazilatlarga, jamiyat ijtimoiy-ma’naviy  taraqqiyoti  uchun zarur  bo‘lgan  axloqiy xislatlarga ega insondir. Kishi  jamiyatdagina  o‘zligini, fazilatlarini namoyon etganidek, u ijtimoiy-ma’naviy xislatlarini ham  ma’lum bir muhitda  qaror toptiradi va shu muhitning manfaatlariga, qadriyatlarini mustahkamlashga hizmat qiladi. Shuning uchun axloq, odob barkamollik va ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyot  omili sifatida  qaraladi. f.f.d.dots. Agzamxodjayeva S.S.

Сурхон каштачилиги анъаналари

ToshDSHI
Илм-фан
Ўзининг ўлмас обидалари, муқаддас қадамжола-ри, сўлим табиати ҳамда пурвиқор тоғлари, жазира-маси-ю дилбар баҳори билан машҳур Сурхон диёри чинакам мўъжизалар туғиладиган юрт.
Сурхон воҳаси илдизи жуда қадим замонларга бориб тақаладиган ўзига хос турмуш тарзи, ҳунармандчилиги, халқамалий санъатининг ноёб дурдоналари ижод этилган кўҳна замин сифатида ҳам ардоқли. Илк бора инсонфарзанди ўзига макон тутган машҳур Зараутсойда из қолдирган, турмуш тарзи, овчилиги-ю меҳнатини, оламга муносабатини тош деворларга муҳрлаб кетган, ислом оламида ёрқин сиймо бўлиб, ҳадисшунослар орасида имом дея эъзозланган табаррук Абу Исо Термизий, аллома, донишманд ал-Ҳаким ат-Термизий каби улуғ фозиллар яшаб ўтган юрт Сурхон.

Хам ҳунар, хам санъат

ToshDSHI
Илм-фан
Қадим Сурхон воҳаси нафақат илк одам яшаган ман-зил, балки ҳунармандчилик турлари таркиб топган, тако-миллашган муқаддас замин ҳам ҳисобланади. Кейинги йил-ларда олиб борилган археологик қазишмалар, айниқса мустақиллик йилларида юртимизнинг бой ўтмиш тарихи-дан гувоҳлик берувчи оғзаки ҳамда ёзма ижод манбала-рини ҳар томонлама пухта ўрганиш имкониятлари яратил-ганлиги Сурхон воҳаси энг қадимий маданият, халқҳунар-мандчилиги ва амалий санъатининг муҳим бешикларидан бири бўлганлигини исботлаб турибди.

Умри бардавом анъаналар

ToshDSHI
Илм-фан
Хозирги кунда биргина каштачиликда кадим накшлар билан бир каторда янги накшлар атиргул, товус, кабутар, турли кушлар, катта никох ва оила рамзи булмиш узуклар хамда кашта накшлари сифатида яратилаётган сузана, зардевор ва бошка буюмларда, жихозлар ва ашёларда уз аксини топмокда. Масалан, бир пайтлар «ойна ёлгич» деб аталувчи каштали матолар булган. Бугунги кунда кам шу мато¬лар бор ва улар энди замонавий мавзулар акс этган холда тайёрланмокда.

Гиламдаги накшлар

ToshDSHI
Илм-фан

Воха хунармандчилигида гилам тукиш алохида урин тутади. Худди каштачиликда булгани каби гиламдузликда хам бу диёрда узига хос анъаналар, усул ва услублар жуда кадим замонлардан буен шаклланиб келади. Кувонарли-си эса, бугунги кунга келиб гилам турлари копайибгина копмасдан, уни турли накшлар билан безатиш ишлари хам анча такомиллашиб. янги-янги мазмунлар билан бойитилган. Сурхондарёда тайёрланодиган гилам-.турларини тукиш, ип тойёрлаш, уриш каби жараёнлар кадимий илдизларго эга.